khaydarov.uz

Yangi loyihalar uchun ochiq · Samarqand · UTC+5

Suxrob Xaydarov

Tizim va tarmoq muhandisi

ATSEP (CNS/ATM) · IT-infratuzilma · xavfsizlik tizimlari

Aviatsiya darajasidagi ishonchlilikni oddiy IT-infratuzilmaga olib kelaman: tarmoqlar, serverlar, monitoring va xavfsizlik tizimlari — kecha-yu kunduz uzluksiz ishlaydigan qilib.

15+
yil IT va aloqa sohasida
8+
yil ATSEP muhandisi sifatida
1 000+
bajarilgan loyiha
50+
yirik loyiha

01 · Xizmatlar

Xizmatlar

Xizmatlarni shaxsan oʻzim va SAM Smart Security Service kompaniyasi orqali koʻrsataman: loyiha hajmiga qarab bir martalik ish yoki doimiy texnik xizmat (autsorsing) shaklida. Samarqand va Oʻzbekiston boʻylab.

Qanday ishlaymiz

  1. 01

    Tekshiruv va texnik topshiriq

    Mavjud infratuzilmani oʻrganaman, talablarni aniqlab, texnik topshiriq va smeta tayyorlayman.

  2. 02

    Loyihalash va joriy etish

    Yechimni loyihalab, uskunani tanlab, oʻrnataman va sozlayman; har bir bosqichni sinovdan oʻtkazaman.

  3. 03

    Hujjatlar, oʻqitish va yordam

    Sxemalar va hujjatlarni topshiraman, xodimlarni oʻqitaman, kelishuv boʻyicha texnik yordam koʻrsataman.

02 · Tajriba

Ish tajribasi

2009-yildan buyon aloqa va IT sohasida: telekom operatoridan aeronavigatsiya markazigacha.

2018-yil fevral — hozirgacha

faol

ATSEP muhandisi — HHB avtomatlashtirilgan tizimi smena muhandisi

«Oʻzaeronavigatsiya markazi» MChJHHB AT Samarqand markazi

Shu korxonadagi ish yoʻlim: aloqa muhandisi (2018) › smenali aloqa muhandisi (2019) › HHB avtomatlashtirilgan tizimi smena muhandisi (2021).

  • HHB avtomatlashtirilgan tizimiga (parvoz va kuzatuv maʼlumotlarini qayta ishlash, dispetcherlarning avtomatlashtirilgan ish joylari) smenada texnik xizmat koʻrsataman; parvozlar xavfsizligi uchun muhim boʻlgan tizimlarning uzluksiz ishlashiga javob beraman.
  • Dispetcherlarning ovozli aloqa tizimiga («havo–yer» va «yer–yer» aloqasi, SIP/VoIP, E1 oqimlari, multipleksorlar) xizmat koʻrsataman, navigatsiya vositalari (ILS, VOR/DME) va ularning aloqa kanallari ishini nazorat qilaman.
  • RHEL serverlari, RAID massivlari va ichki tarmoqni boshqaraman: kommutatsiya, marshrutlash, tarmoqlararo ekranlar (firewall), VPN.
  • Monitoring va hujjatlashtirish vositalarini joriy etdim: Zabbix (oʻzim yozgan skriptlar bilan), NetBox/IPAM, Oxidized yordamida konfiguratsiyalarni zaxiralash, BookStack bilimlar bazasi. Nosozliklarning asl sababini aniqlab, bartaraf etaman.

2018 — hozirgacha

faol

Asoschi va texnik rahbar

SAM Smart Security Servicesamsmart.uz, Samarqand

  • IT va xavfsizlik tizimlari boʻyicha muhandislik kompaniyasiga asos soldim. 2018-yildan buyon taʼlim, logistika va boshqa sohalardagi mijozlar uchun 1 000 dan ortiq kichik va 50 dan ortiq yirik loyihani amalga oshirdik. Mijozlarimiz orasida Oxford maktabi, Fast Education, Azizon, Prime Samarqand va Gold Lavash bor.
  • Obyektlarni kompleks avtomatlashtiramiz: tarmoq va firewall tizimlarini loyihalash (FortiGate, Kerio Control, pfSense, MikroTik, Cisco), VPN va tarmoqni segmentlash, tolali-optik aloqa liniyalari, serverlar va maʼlumotlarni saqlash tizimlari, 100 dan ortiq kamerali videokuzatuv, kirish nazorati, signalizatsiya va domofon tizimlari.
  • Oʻz dasturiy mahsulotlarimizni ishlab chiqdik: EduAccess platformasi va Sam Smart POS tizimi hozir mijozlarda amalda ishlamoqda («Loyihalar» boʻlimiga qarang).

2024 — 2025

Tizim administratori boʻyicha bosh mutaxassis

School 21raqamli texnologiyalar maktabi, Samarqand kampusi

Asosiy ishimdan tashqari, oʻrindoshlik asosida ishlaganman. 2025-yilda tizim administratori lavozimidan bosh mutaxassislikka koʻtarilganman.

  • Kampus tarmogʻini boshqardim: VLAN, ACL, NAT, LACP, 10 Gbit/s optik kanallar, Wi-Fi; pfSense, WireGuard/OpenVPN va PacketFence (NAC).
  • 30 ga yaqin virtual mashinadan iborat Proxmox klasterini, RAID/SAN/iSCSI saqlash tizimlarini va BorgBackup zaxira nusxalarini yuritdim; Ubuntu/Debian serverlaridagi asosiy xizmatlar (DHCP, PowerDNS, NTP, LDAP/FreeIPA) va Kaspersky himoyasiga javob berdim.
  • Zabbix, Prometheus, Grafana va ELK asosida monitoring tizimini yoʻlga qoʻydim; infratuzilmani Ansible, AWX va Terraform yordamida avtomatlashtirdim; Docker, Kubernetes, GitLab CI/CD, Nexus, NetBox, GLPI va FOG (operatsion tizimlarni tarmoq orqali oʻrnatish) bilan ishladim.

Avvalgi ish joylari 2009 – 2018

2016-yil noyabr — 2018-yil fevral

5-razryadli elektromontyor

IIB huzuridagi qoʻriqlash boʻlimi

Obyektlarga qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasini oʻrnatish va unga xizmat koʻrsatish.

2015-yil iyul — 2016-yil avgust

ATS muhandisi

«SIMUS» internet-provayderi

Telekommunikatsiya tarmoqlari va ATS uskunalariga xizmat koʻrsatish.

2012-yil noyabr — 2015-yil iyul

Texnik mutaxassis

«NET CITY» internet-provayderi

Abonentlarning tarmoq uskunalarini oʻrnatish va sozlash, tarmoqni modernizatsiya qilish.

2009-yil noyabr — 2012-yil noyabr

3-razryadli aloqa elektromontyori

«Oʻzbektelekom» AK

Telefon liniyalari va aloqa uskunalarini oʻrnatish, taʼmirlash.

03 · Koʻnikmalar

Kasbiy koʻnikmalar

Har kuni ishlatadigan texnologiyalarim, yoʻnalishlar boʻyicha.

04 · Loyihalar

Loyihalar va tashabbuslar

Oʻzim asos solgan yoki ishlab chiqqan mahsulotlar va oʻquv markazlari.

05 · Sertifikatlar

Sertifikatlar va malaka oshirish

Rasmiy sertifikatlar va oʻtgan kurslar.

Maʼlumoti

Maʼlumoti

2012 – 2016
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti — oliy maʼlumot, «Turizm» yoʻnalishi
2006 – 2009
Samarqand axborot texnologiyalari kolleji — oʻrta maxsus maʼlumot, telekommunikatsiya, elektromexanik

Tillar

Tillar

Oʻzbek tili
ona tilim
Tojik tili
erkin (C2)
Rus tili
oʻrta (B1)
Ingliz tili
oʻrta (B1)

06 · Aloqa

Bogʻlanish

Hamkorlik, xizmat yoki ish takliflari boʻyicha qoʻngʻiroq qiling yoki yozing.

Yangi loyihalar uchun ochiqman

Samarqand, OʻzbekistonOdatda bir ish kuni ichida javob beraman.